«O‘zbek tili bayrami kuni»ga bag‘ishlangan tantanali bayram
2-son Nukus Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 21-oktyabr «O‘zbek tili bayrami kuni»ga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu muhim sana — 1989-yil 21-oktyabrda «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan kun — mamlakatimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan, milliy g‘urur va iftixor, o‘zlikni anglash ramzi bo‘lgan tarixiy sana sifatida keng nishonlanadi.

Bayram tadbirini texnikum direktori M.Turimbetova ochib berdi. U o‘z nutqida yig‘ilganlarni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy tabriklab, o‘zbek tilining boy tarixi, uning madaniyatimiz va milliy qadriyatlarimizni saqlashdagi beqiyos ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Tadbirda texnikumning iqtidorli o’quvchilari ishtirokida qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari, musiqiy chiqishlar namoyish etildi.




English
Uzbek
qaraq