16 fevral kuni 2-sonli Nukus Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan ilmiy-amaliy uchrashuv o‘tkazildi. Xotin-qizlarning ilm-fan rivojidagi beqiyos hissasi, bugungi kunda yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. So‘ng ishtirokchilar tomonidan «Ilm va ayol – kelajak poydevori» mavzusida ma’ruza qilindi. Ma’ruzada xotin-qizlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi, motivatsiyasi, shaxsiy rivojlanishi va kasbiy o‘sishi masalalari yoritildi.
Tadbir davomida faol talaba-qizlar o‘zlarining ilmiy ishlari, loyihalari va erishgan yutuqlari haqida taqdimotlar o‘tkazdi. Ularning so‘zlagan nutqlari boshqa ishtirokchilarga katta ilhom bag‘ishladi.
Shuningdek, davra suhbati tashkil etilib, unda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
Hozirgi zamon jamiyatida ayolning ilmiy faoliyati
Ayollarning ta’lim olishdagi imkoniyatlari
Tadbir yakunida savol-javoblar o‘tkazilib, ishtirokchilar fikr-mulohazalarini bildirdi.


Leave a Comment