
2026 yil 15-19 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida Prezident sovrini uchun «Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari» kasbiy mahorat milliy tanlovining «Tibbiy va ijtimoiy parvarish» yo‘nalishi bo‘yicha Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda respublikamizning barcha viloyatlari va Toshkent shahridan kelgan 60 nafar ishtirokchi o‘z bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va kasbiy mahoratlarini namoyish etdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi texnikumlaridan qatnashgan 3 nafar o‘quvchi faxrli o‘rinlarni egalladi.

👩⚕️Natiyjalar:
🥇 1-o‘rin – Sagidullayeva Dilnoza, Nukus 2-sonli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchisi.
🥈 2-o‘rin – Jalgasova Ra’no, Qo‘ng‘irot Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchisi.
🥈 2-o‘rin – Nurabullayeva Rayxon, Qo‘ng‘irot Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchisi.
👏 G‘oliblarni chin dildan tabriklaymiz! Ularga kelgusida ham yuksak muvaffaqiyatlar, yangi zafarlar va umumiy natijalar tilaymiz.



Русский
English
qaraq